O'zbekiston

Beruniy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Beruniy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etiladi

 

"Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarorga ko‘ra, 2022-2023 yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi UNESCO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

 

Shunga asosan, jumladan:

  • "Buyuk Beruniy merosi" xalqaro sayyohlik marshrutlari yo‘lga qo‘yiladi;

  • 2023 yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;

  • alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinadi;

  • Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Maʼmun akademiyasida madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilinadi;

  • o‘quvchilar o‘rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etiladi. 2022 yil dekabrgacha "Beruniy va yoshlar" maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid maʼlumotlar, uning ilmiy-maʼrifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.

 

Qarorga ko‘ra, allomaning to‘liq asarlari turkumini o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko‘riladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.