O'zbekiston

Niagara sharsharasida O‘zbekiston bayrog‘i ranglari aks etadi

Buni jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Niagara sharsharasida O‘zbekiston bayrog‘i ranglari aks etadi

 

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan 1 sentyabr kuni Kanadada va Shimoliy Amerikadagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri — Niagara sharsharasida O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglari aks etadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

 

O‘zbekistonning Kanadadagi elchixonasi maʼlumotlariga ko‘ra, sharsharani 31 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 (Toshkent vaqti bilan 1 sentyabr, soat 7:30)da jonli efirda tomosha qilish mumkin. 

 

Shuningdek, O‘zbekiston diplomatik missiyasi vatandoshlar bilan birgalikda Niagara shahrida Mustaqillik bayramini keng nishonlashni rejalashtirayotgani taʼkidlangan. O‘zbek raqs va qo‘shiqlari, anʼanaviy o‘zbek palovi bilan tantanali ziyofat tashkil etiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Niagara sharsharasi o‘tgan yili O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ilk bor O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan edi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Niagara sharsharasida O‘zbekiston bayrog‘i ranglari aks etadi | Zamon.uz