Jahon

Tiktoker Habi Leymga O‘zbekistondan sovg‘a keldi

U shu yil yozda dunyodagi eng mashhur tiktokerga aylangan.

Tiktoker Habi Leymga O‘zbekistondan sovg‘a keldi

 

Italiyalik mashhur tiktoker Habi Leym O‘zbekistondan sovg‘a oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

 

Blogerga O‘zbekiston gerbi tushirilgan oq rangli katta quti yuborilgan. Uning ichiga olma, uzum, pomidor va qalampir kabi turli meva-sabzavotlar joylangan. Shuningdek, qutida milliy atlasni ham ko‘rish mumkin.

 

Mazkur sovg‘ani kim jo‘natgani noma’lum. Habi Leym o‘z videosi yakunida «Rahmat, O‘zbekiston», deya minnatdorchilik bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yozida Habi Leym dunyodagi eng mashhur tiktokerga aylangani xabar qilingandi. Hozirda uning 149,1 million obunachisi bor.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"