Xo‘rlangan darsliklar yoxud Samarqanddagi maktabda kitoblar uloqtirib tarqatildi
Holatga XTV rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanida o‘qituvchi kutubxonadan olib chiqilgan kitoblarni zina tepasidan turib, o‘quvchilarga uloqtirgani tasvirlangan videoga Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi munosabat bildirdi.
«Nurobod tumanidagi 1-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga qo‘pol ravishda maktab darsliklari tarqatilgani aks etgan video lavhadagi holatni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beramiz», — deyiladi XTV xabarida.







