Jizzaxda MCHJga tegishli maxsus texnika xatlandi
Maʼlum bo‘lishicha, tashkilotning 6,6 mlrd so‘mlik qarzi bo‘lgan.

Sud hujjatlari ijrosini taʼminlash, qarzdorliklarni undirish hamda ijro harakatlarini samarali tashkil etish borasida Jizzax viloyatida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosi Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituvidagi 2024–2025 yillarda qabul qilingan sud hujjatlari bo‘yicha jami 26 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, ularda qarzdor MCHJ zimmasiga yuklatilgan 6,8 milliard so‘mlik qarzdorlikni undirish belgilangan. Ijro jarayonida qidiruvda bo‘lgan mazkur MCHJga tegishli maxsus texnika aniqlandi.
Aniqlangan maxsus texnika belgilangan tartibda xatlovga olindi. Ushbu chora-tadbirlar sud hujjatlari ijrosini taʼminlash, qarzdorliklarni qonuniy tartibda undirish va ijro hujjatlari bo‘yicha natijadorlikka erishishga qaratilgan.







