Namanganda qarzdorlik sabab Damas xatlandi
Hozirda 115 million so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha ijro harakatlari davom etmoqda.

MIBning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvida jami 8 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, ularning umumiy qarzdorlik miqdori 115 million so‘mni tashkil etadi.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida qidiruvda bo‘lgan G.D.ga tegishli «Damas» rusumli avtomashina tezkor-qidiruv harakatlari natijasida Davlatobod tumanidagi Yuksalish hududida aniqlandi.
Amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida avtomashinaning Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limiga olib kelinishi taʼminlandi.
Ayni vaqtda ijro hujjatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.







