Qoraqalpog‘istonda qarz sabab ko‘p qavatli uy xatlandi
Bino 20 mlrd so‘mga baholanib elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.

Har bir qad rostlagan bino — bu kimningdir orzusi, kimningdir kelajakka bo‘lgan umidi, yana kimdir uchun yangi hayot boshlanishi demakdir. Biroq hayotda har doim ham rejalar kutilganidek amalga oshavermaydi. Moliyaviy majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligi oqibatida hatto shunday yirik qurilish obyektlari ham majburiy ijro jarayoniga tortilishi mumkin.
Sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, K.S. MCHJga tegishli bo‘lgan ko‘p qavatli bino davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olindi hamda 20 mlrd so‘mga baholanib elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.







