Kredit qarzi sabab tosh maydalagich xatlandi
Ayni paytda uskuna 2,524 mlrd so‘mga baholangan.

Har qanday qarzdorlik ortida qonuniy majburiyat va uning ijrosini taʼminlash masʼuliyati turadi. Jumladan, qarzdorga tegishli mol-mulk va yirik uskunalar xatlanib, belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Q.M. MCHJdan undiruvchi ATB Halq bank foydasiga 205.4 ming AQSH dollari undirish belgilangan.
Sud qarori bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjati Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Boshqarmasiga kelib tushib, ijro hujjati ijrosini taʼminlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, A.Q.M. MCHJga tegishli bo‘lgan (щyekovaya drobilka) tosh maydalagich davlat ijrochisi tomonidan tegishli tartibda xatlovga olindi hamda 2,524 mlrd so‘mga baholanib elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.







