O'zbekiston

Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi

"Jahon kino kunlari" doirasida esa Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati o‘zlarining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi

 

"Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida 150 ta jahon filmlari namoyish etiladi. Bu haqda kinofestivalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

"Jahon kino kunlari" doirasida esa Osiyo, Amerika va Yevropaning 22 ta davlati o‘zlarining eng yaxshi filmlarini namoyish etadi. Ular orasida Rossiya, Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Turkmaniston, Turkiya, Fransiya, Estoniya, Janubiy Koreya va boshqalar bor.

 

“Yangi O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoitlar jahonga mashhur kinoijodkorlar bilan hamkorlikda salmoqli xalqaro loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonamiz,” – deydi XIV Toshkent xalqaro kinofestivali Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

Shuningdek, kinofestival doirasida Xiva, Buxoro, Samarqand va Nukusda afsonaviy o‘zbek filmlari taqdimoti tashkil etiladi. Jami 60 dan ortiq film va 80 dan ortiq multfilmlar namoyish etiladi.

 

"O‘zbek kinematografiyasining yuz durdonasi" dasturidan "Oq laylaklar, oppoq laylaklar", "Toshkent – non shahri", "G‘o‘r yoshligim", “Nafosat”, "Tohir va Zuhra", "Mahallada duv-duv gap", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "O‘tgan kunlar", "Inson qushlar ortidan boradi" kabi milliy filmlarning oltin to‘plami o‘rin olgan.

 

“Ko‘pchilik xorijiy prodyuserlar O‘zbekistonda film olish uchun mamlakatdagi lokatsiyalarni, chiroyli tabiatni ko‘rib rozilik berishmoqda. Hozirda qo‘shma loyihalar uchun 25 million yevro miqdorida mablag‘ ajratilgan”, — dedi "O‘zbekfilm" kinokonserni direktori Bahodir Adilov.

 

Shuningdek, kinofestivalda "SHHT mamlakatlari kino kunlari", "Hujjatli filmlar kunlari", "Retro kino kunlari", "O‘zbekiston kino kunlari", Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti ("TURKSOY") kinoforumi, "MDH mamlakatlari milliy kinostudiyalari rahbarlarining uchrashuvi" bo‘lib o‘tadi. Jahon yulduzlari ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent kinofestivali kinofestival 13-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 500 ga yaqin aktyor va aktrisalar, rejissyor va operatorlar, prodyuser va kinotanqidchilar, kinoshunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"