O'zbekiston

O‘zbekiston tashabbusi bilan temiryo‘l administratsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda—Rashid Alimov

Tojikiston vakili SHHT mamlakatlarining o‘zaro transport bog‘liqligi qanday hal etilayotganini aytdi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan temiryo‘l administratsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda—Rashid Alimov

 

 

SHHT Samarqand sammiti arafasida Tojikiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati Akademiyasi professori Rashid Alimov erishilgan natijalar, mazkur tashkilotning buguni va kelajagi haqidagi qator savollarga javob berdi.

 

Shuningdek, SHHTning sobiq Bosh kotibi o‘zaro bog‘liqlik muammosini qanday hal qilayotgani va bu yo‘ldagi to‘siqlar haqida gapirib o‘tgan.

 

“O‘zaro bog‘liqlik masalasi so‘nggi 10-12 yil ichida, ayniqsa, transport sohasida juda dolzarb bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Katta yutuqlardan biri sifatida 2014-yilda Dushanbeda avtomobil tashishlari uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi bitimning qabul qilinishini ko‘rsatish mumkin. Bu juda murakkab hujjat bo‘lib, u 8 yil davomida BMT ESKATOning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda tayyorlandi”, — deydi Alimov.

 

Ushbu bitim SHHTga a’zo barcha davlatlar tomonidan 2016-yilda ratifikatsiya qilingan va eng yirik fundamental xalqaro hujjatga aylangan. Uning qabul qilinishi oltita yashil yo‘lakni shakllantirishda amalga oshirilgan noyob imkoniyatlarni yaratib bergan.

 

Bitimning afzalligi shundaki, u ochiq bitim maqomiga ega, unga 2018-yilda Belarus qo‘shilgan, Afg‘oniston va Turkmaniston esa katta qiziqish bildirgan. Turkmaniston kelajakda ushbu hujjatga qo‘shilishga qaror qilsa va Eron yaqin kunlarda SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylansa, fors ko‘rfaziga yashil yo‘lak ochiladi. Bunday holda, tovarlarni barcha transport vositalari, shu jumladan Yevroosiyo makonining istalgan nuqtasiga — Shanxaydan Fors ko‘rfaziga yoki Boltiq dengiziga temiryo‘l orqali yetkazib berish mumkin bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashabbusi bilan temiryo‘l administratsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda, xalqaro avtomobil tashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqda.

 

“O‘zaro bog‘liqlik vazifasini amalga oshirish yo‘lida to‘siqlar mavjud. Ular texnik va xolis xarakterga ega. Transport sohasidagi o‘zaro hamkorlik maqsadida yagona formula va yagona algoritmni ishlab chiqish uchun vaqt, resurslar va barcha davlatlarning roziligi talab etiladi. Ammo bu muammolarni bartaraf etish mumkin”, — deydi u.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.