Jahon

Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida yana keskinlik

Pashinyan Putinga yarim kechasi qo'ng'iroq qildi.

Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida yana keskinlik

 

Armaniston oʻzaro yordam shartnomasini qoʻllashni so'rab, Rossiyaga murojaat qilmoqchi, deb yozadi "RIA Novosti".

 

Bunday qaror bosh vazir Nikol Pashinyan raisligidagi mamlakat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qabul qilindi. U kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilib, keskinlashgan mojaro haqida gapirgan, deb xabar qildi Armaniston hukumati matbuot xizmati.

 

"Bosh vazir Ozarbayjon qurolli kuchlarining Armaniston suveren hududiga qarshi yarim tunda boshlangan, artilleriya va yirik kalibrli o‘qotar qurollardan o‘qqa tutilgan provokatsion harakatlari tafsilotlarini taqdim etdi", — deyiladi xabarda.

 

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi chegaradagi harbiy mojaroni Armaniston qurolli kuchlarining keng ko‘lamli provokatsiyasi deb atadi.

 

“Ozarbayjon armiyasining Dashkesan, Kalbajar va Lochin viloyatlaridagi ayrim pozitsiyalari, boshpanalari va istehkomlari Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari tomonidan intensiv o‘qqa tutildi”, — deyiladi Ozarbayjon xabarida.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.