Toshkentda avtobus yonib ketdi
Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Bugun, 14 sentyabr kuni soat 09:02 da poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi M.Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida harakatlanib ketayotgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.
Natijada, avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:05 da yong‘inga yetib borgan va soat 09:08 da bartaraf etilgan.







