O'zbekiston

Fuqarolardan uy-joy solig‘ini uch baravar undirish to‘xtatiladi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.

Fuqarolardan uy-joy solig‘ini uch baravar undirish to‘xtatiladi

 

Aholiga qulaylik yaratish va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” Qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. 

 

Loyihaga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyungacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan, ya’ni yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni undirmaslik nazarda tutilmoqda.

 

2020-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni to‘lab kelayotgan bo‘lsalar, keyinchalik to‘langan soliq summalari Soliq kodeksiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinishi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki mavjud hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq undiruvi endilikda Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.