O'zbekiston

Yakkabog‘da nomutaxassis kadr direktorlikka qo‘yilgani aytildi

Holat yuzasidan viloyat XTB munosabat bildirdi.

Yakkabog‘da nomutaxassis kadr direktorlikka qo‘yilgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi 103-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mutaxassis bo‘lmagan kadr direktorlikka tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorligi lavozimi vakant bo‘lganligi uchun 2021-yil 6-noyabrda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Vacancy.argos.uz saytiga ochiq tanlovga e’longa berilgan. Ushbu lavozimga 7 nafar nomzod ariza topshirgan. 

 

Shundan so‘ng 4 nafar nomzodning malaka talablari mos kelgan va ikkinchi bosqichga o‘tgan. 2022-yil 1-fevral kungi test sinovlarida 2 nafar nomzod ishtirok etgan, ikki nafari esa qatnashmagan. Unda nomzod  J.L. 27,5 ball, A.B. 67,5 ball to‘plagan.

 

Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining qo‘shma qarorida “nomzodlarning test savollari umumiy ko‘rsatkichining kamida 55 foiziga teng ball to‘plashi imtihon natijalarini ijobiy deb topish uchun asos bo‘ladi”, deya ko‘rsatilgan.

 

A.B. 1989-yili Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 2014-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 2014–2016-yillarda Yakkabog‘ tumani Agrobiznes kollejida amaliyotchi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ta’lim ustasi, 2016–2018-yillarda xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

 

A.B. nomzodi malaka talablariga mos kelganligi hamda test sinovlaridan ijobiy o‘tganligini inobatga olib, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 24-fevraldagi xati bilan uning nomzodi Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

 

Xalq depututlari Kengashining 2022-yil 31-maydagi Qarori bilan A.B.103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlik lavozimiga tavsiya etilgan. Kengash qaroriga asosan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 27-iyundagi buyrug‘i bilan A.B. maktabga direktor etib tayinlangan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"