Siyosat

O‘zbekiston barcha sohalarda ishonchli hamkorimiz—Guterrish

Vladimir Norov BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston barcha sohalarda ishonchli hamkorimiz—Guterrish

 

Kecha, 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

 

Uchrashuvda V.Norov O‘zbekiston BMTni osoyishtalik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, butun dunyoda inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha universal va ishonchli xalqaro tuzilma deb bilishini ta’kidlagan.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi ishtiroki jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining turli yo‘nalishlardagi beshta rezolyusiyasi qabul qilingan. 

 

A.Guterrish O‘zbekiston Rahbariyatining ortga qaytmas xususiyatga ega ilg‘or keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan siyosiy irodasi va qat’iyatini yuqori baholagan. BMT O‘zbekistonni ochiqlik va islohotlar siyosatini amalga oshirish yo‘lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlangan.

 

Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida jadal kengayib borayotgan hamkorlikni olqishlagan. 

 

“O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari masalalaridan tortib iqlim va barqaror rivojlanishgacha bo‘lgan barcha sohalardagi ishonchli hamkorimizdir. Mamlakat BMTning ko‘p tomonlama kun tartibini ilgari surishda etakchi o‘rinni egallaydi”, — degan Guterrish.

 

O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish, mintaqada zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy va sanoat infratuzilmasi obektlarini qurish borasidagi sa’y-harakatlari BMT tomonidan yuqori baholanishi ma’lum qilingan.

 

BMT, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, “Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar” temiryo‘lini qurilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilingan.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olingan.

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"