O'zbekiston

Qashqadaryoda fuqaro YPX inspektorini urib, haqoratladi

Holat bo‘yicha IIV munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda fuqaro YPX inspektorini urib, haqoratladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida YPX xodimi va fuqaro o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Voqea 21-sentabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 4R Yakkabog‘–Chiroqchi–Ko‘kdala–Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 66-kilometrida sodir bo‘lgan. 

 

Chiroqchi tumani IIB YPX inspektori A.Rahmatov tekshirish uchun Neksiya rusumli transport vositasini to‘xtatganda undagi yo‘lovchi – 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M. mast holatda xodimning qonuniy harakatlariga xalaqit berib, uni haqorat qilgan. Xodim jamoat tartibini buzilishini oldini olish uchun rasiya orqali yordamchi naryad chaqirtirganida Sh.M. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan.

 

Videoda xodim huquqbuzarni voqea joyidan qochib ketishini oldini olib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgan holati tasvirlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzar prosessual tartibda qamoqqa olingan.

 

“YPX inspektori A.Rahmatovning o‘z vazifasini bosiqlik bilan, provokasiyalarga uchmagan holda bajarganligi, yordamchi kuchlar yetib kelgunga qadar vaziyatni izdan chiqishiga va huquqbuzarni yashirinishiga yo‘l qo‘ymaganligi uchun navbatdan tashqari rag‘batlantirish masalasi ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"