Jamiyat

Chirchiqdagi yong‘in yangi vazirning "halovatini buzdi"

Voqea joyiga energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya aʼzolari zudlik bilan yetib borgan.

Chirchiqdagi yong‘in yangi vazirning "halovatini buzdi"

 

Chirchiq shahrida joylashgan “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo‘linmasida bugun, 4 oktyabr soat 08:30 larda qisqa portlash yuz bergani xabar qilingandi. Natijada sexning sintez kalonnasida yong‘in kelib chiqqan.

 

“O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa oqibatida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya aʼzolari zudlik bilan yetib borishgan va hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Chirchiqdagi yong‘in yangi vazirning "halovatini buzdi" | Zamon.uz