Jahon

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi post vaqtincha yopildi

Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi maʼlum qildi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi post vaqtincha yopildi

 

“Qazig‘urt” (Qozog‘iston) va unga tutash “S.Najimov” (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punkti kunduzi fuqarolar va transport vositalari uchun yopildi.

 

«Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmati bilan birgalikda 6 oktyabr soat 09:00 dan 2022 yilning 7 oktyabr soat 09:00 gacha , “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ikki mamlakat nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rtasidan o‘tgan gaz quvurlariga gidravlik sinov o‘tkazishi tufayli “Qazig‘urt” va unga tutash “S.Najimov” nazorat-o‘tkazish punkti fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi uchun yopiladi», — deyiladi Davlat daromadlari qo‘mitasi xabarida.

 

Qozog‘iston — O‘zbekiston chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi.

 

«Biz tashuvchilardan va chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan har bir kishidan o‘rnatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda o‘z yo‘nalishini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz», — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.