Jahon

Fransiya o‘z fuqarolarini zudlik bilan Eronni tark etishga chaqirdi

Fransuzlarga qamoq xavf solmoqda.

Fransiya o‘z fuqarolarini zudlik bilan Eronni tark etishga chaqirdi

 

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Eronda bo‘lgan fuqarolariga imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda “RiaNovosti” nashri yozmoqda.

 

“Erondagi hibsga olinish xavfini hisobga olgan holda Fransiya fuqarolaridan imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishlari so‘raladi”, — deyiladi TIV xabarida.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda fransuzlar hibsga olinish va adolatsiz sudlanish xavfiga duch kelishmoqda.

 

“Fransiya elchixonasining hibsga olingan fuqarolarni konsullik himoyasi bilan ta’minlash imkoniyati juda cheklangan”, — deya qo‘shimcha qilingan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"