O'zbekiston

Navoiydagi qamoqxonada mahkum o‘zini o‘ldirdi

Hozirda holat bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Navoiydagi qamoqxonada mahkum o‘zini o‘ldirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi 4-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkum vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot e’lon qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mahkum M.O. 7 oktyabr kuni soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo‘linmasining 2-hujrasida kiyimdan arqon yasab, yotish uchun mo‘ljallangan o‘rin joyidagi krovat temiriga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

 

Mahkum M.O. 2018 yil 30 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi, 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, u Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.