0

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

Yer qimirlashi ikki hududda sezilgan.

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

 

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 04:23 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, zilzila koordinatalari: 37,11 gradus shimoliy kenglik; 71,27 gradus sharqiy uzunlik.

 

Magnituda M=5,5. Chuqurlik 160 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 495 km janubiy-sharqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

· Surxondaryo viloyatida 2 ball, 355 km;

· Farg‘ona viloyatida 2 ball, 366 km.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"