O'zbekiston

Talabalarimizni xafa qildirmaymiz—Sherzodxon Qudratxo‘ja

O‘zJOKU rektori 1-bosqich talabasining IIBga chaqirilgani bo‘yicha munosabat bildirdi.

Talabalarimizni xafa qildirmaymiz—Sherzodxon Qudratxo‘ja

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi talaba-qizlarni ijara uyidan haydab chiqarayotgani va ijaraga ko‘proq pul to‘laydigan boshqa mijozlarni joylashtirmoqchi ekani aks etgan video tarqalgandi.


Holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy munosabat bildirib, mazkur video universitetning 1-bosqich talabasi tomonidan ijara uylarning narxi ko‘tarilishi yuzasidan sahnalashtirilgan videosi ekanini ma’lum qilgandi.
 

Biroz vaqt o‘tib, Toshkent shahar IIBB rolikni suratga olgan 1-kurs talabasini topib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Talaba suhbat davomida videoni suratga olishdan maqsad obunachi ko‘paytirish ekanini, videodagi voqealar sahnalashtirilgani haqida esa hech qanday izoh yozmaganini tan olib, qilgan ishi uchun uzr so‘ragan.   

 

Shundan so‘ng holatga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham o‘z munosabatini bildirib, Facebook sahifasida post qoldirdi.

 

“Talabaga biz ta’lim beramiz, unga kasbiy mahoratga ega bo‘lish va komillik yo‘llariga chiqishida Ustozlik qilamiz!

 

Kecha maktabni bitirib kelgan o‘spirin bolani 4-6 yilda “proffi” qilamiz. Yaxshi bir kadr tayyorlash uchun ko‘pgina professorlar, dosentlar, amaliyotchilar mashaqqatli mehnat qiladilar. Demakki uni koyishga, ustozlardek nasihat qilishga xaqqimiz bor.

 

Ammo nechun talabaning professsional faoliyati uchun bizdan o‘tib, bizdan degani — kafedra, dekanat, tyutorlar, rektoratdan so‘ramay, ichki ishlar idorasi, yo boshqa idoralarga “profilaktik suhbat” uchun talabamizni chaqirishadi? Nima uchun buni videoga olib, rolik qilib ijtimoyi tarmoqlarda tarqatishadi? Nimaga “uzr” so‘rashga majburlashadi, yuzini hammaga ko‘rsatib?

 

Eski zamonlar endi qaytmasligini bilishsin o‘shalar. Yo eplasalar, kelib dars berishsin.

 

Ertaga bu masala bilan shaxsan o‘zim shug‘ullanaman, qisqa muddatli ishda bo‘lmaganim afsus pand berdi. Talabalarimizni xafa qildirmaymiz, o‘zimiz ta’limu-tarbiya berishga qodirmiz, o‘zimiz yaxshi ish bilan ta’minlaymiz!

 

“Chumchuq so‘ysayam qassob so‘ysin” bekorga deyishmagin oqillarimiz”, — deydi rektor.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.