O'zbekiston

Toshkentda omborxona yonib ketdi

Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Toshkentda omborxona yonib ketdi

 

Bugun, 23 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi omborxonalardan birida yong‘in yuz berdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 09:08 da Chilonzor tumani Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 09:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:22 da bartaraf etilgan.


Hodisa oqibatida jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Omborxonaning ochiq hududida taxminan 150 kvadrat metr maydondagi mahsulotlari yonib zararlangan. 

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.