O'zbekiston

Gaz quduqlaridan isteʼmolchigacha bo‘lgan tizim to‘liq raqamlashtiriladi

Prezident kuz-qish mavsumida aholiga 10 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Gaz quduqlaridan isteʼmolchigacha bo‘lgan tizim to‘liq raqamlashtiriladi

 

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining barqaror ishlashini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilishda maʼlum qilindi.

 

Qayd etilishicha, Hukumat qarori qarori bilan, har bir viloyat, tuman va yo‘nalishlar kesimida alohida reja-jadvallar va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, manbalari belgilangan.

 

Taʼkidlanishicha, aholini, avvalo, elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.Buning uchun IV chorakda 21 milliard kilovatt soat, kelgusi yil boshida qariyb 22 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, kuz-qish mavsumida aholiga 10 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi belgilangan.

 

Davlat rahbari bu jarayonda isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun gaz quduqlaridan isteʼmolchigacha bo‘lgan tizimni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Tabiiy gaz tarmog‘idan uzoqdagi qishloq va ovullar, ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib beriladi. Prezident qaysi hududga yana qo‘shimcha zaxira kerak bo‘lsa, taʼminlab berilishini taʼkidladi.

 

“Barcha tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada masʼuliyatini ikki karra oshirib, aholini rozi qilishi, hech bir murojaatni eʼtiborsiz qoldirmasdan, tezkor hal etishi lozim”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

Energetika vazirligiga aholining energiya manbalari bilan taʼminlanganlik holatini real vaqt tartibida muntazam nazorat qilib borish topshirildi. Yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda “koll-markaz”lar va hududiy ishchi guruhlar faoliyati muhim ekani qayd etildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.