0

Metroda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketildi

Unda portlovchi qurilma bor-yo‘qligini tekshirish uchun maxsus guruh jalb etilgan.

Metroda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketildi

 

Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishi “Buyuk ipak yo‘li” metro stansiyasida Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi tomonidan elektropoyezdda shubhali quti va ryukzak qoldirib ketilgani aniqlandi.

 

Qoldirib ketilgan buyumlar o‘rindiq yonidan topilgan. Masʼul xodim zudlik bilan navbatchilik qismiga xabar bergan. Ryukzak va qutida portlovchi qurilma bor-yo‘qligini tekshirish uchun hodisa joyiga IIV maxsus guruhi jalb etilgan.

 

Tekshiruvlar natijasida qoldirib ketilgan ryukzak va qutida portlovchi moddalar hamda shubhali buyumlar yo‘qligi aniqlangan. Oradan 30 daqiqa o‘tgach, fuqaro metropoliten xodimiga murojaat qilib, poyezd ichida narsalari qolib ketganligini maʼlum qilgan. Fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, dalolatnoma tuzilgan va qoldirib ketilgan buyumlar o‘z egasiga topshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"