O'zbekiston

1-noyabrdan shifoxonalarda talabalar ham ishlashi mumkin

Bu bo‘yicha vazirlik ma’lumot berdi.

1-noyabrdan shifoxonalarda talabalar ham ishlashi mumkin

 

1-noyabrdan shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, vazirlik hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.

 

Bu haqda “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

 

Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.

 

Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini biriktiriladi.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"