O'zbekiston

Qashqadaryoda avtobus ag‘darilib ketdi

Avtobus ichida 10 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

Qashqadaryoda avtobus ag‘darilib ketdi

 

7 noyabr kuni soat 09:45 larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Shahrisabz-Miraki” yo‘lining 1-kilometrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisining rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yuzaga kelgan.

 

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani aytilmoqda.

 

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasiga ko‘ra, “Isuzu” rusumli avtobus Shahrisabz shahridan Shahrisabz tumanining Qutchi qishlog‘iga doimiy yo‘lovchi tashib kelgan. Ushbu transport vositasining yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqasi mavjud.

 

Maʼlum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida 10 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan, ularga jiddiy zarar yetmagan.

 

Holat bo‘yicha huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.