O'zbekiston

“Tibbiyot xodimlarining sha’niga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi”

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini bayram bilan tabrikladi.

“Tibbiyot xodimlarining sha’niga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi”

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shifokorlar kuni munosabati bilan soha vakillariga bayram tabrigi yo‘lladi. 

 

“Hurmatli shifokorlar!

Muhtaram soha faxriylari!

 

Avvalo, xalqimiz salomatligini asrashdek mas’uliyatli va sharafli yo‘lda o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilayotgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ezgu tilaklarimni izhor etaman. 


Mashhur yunon tabibi Gippokratning: “Tibbiyot va donishmandlik o‘zaro hamohang va chambarchas bog‘liqdir”, degan so‘zlarida katta ma’no bor.


Darhaqiqat, dunyodagi eng bebaho boylik, tengsiz ne’mat hisoblangan inson sog‘lig‘ini saqlash, bemor ko‘nglida umid va ishonch uyg‘otib, uni sog‘lom hayotga qaytarish uchun shifokor nafaqat chuqur bilim va tajriba sohibi, ayni paytda yuksak aql-zakovat hamda olijanob qalb egasi bo‘lishi darkor. 


O‘z hayotini ana shunday ulug‘ va savobli ishga bag‘ishlab, odamlarning dardiga darmon bo‘lishni muqaddas burch deb bilgan tibbiyot xodimlarining sha’niga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi, albatta.

 

Aziz shifokor va hamshiralar!


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har bir fuqaro uchun yuqori sifatli va malakali tibbiy xizmat tizimini yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.


“Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyilni jamiyatimiz hayotida to‘la ro‘yobga chiqarish maqsadida keyingi vaqtda yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan muntazam uchrashib, oldimizda turgan vazifalar va dolzarb muammolarning yechimlari haqida fikrlashib olish ibratli an’anaga aylandi.


Joriy yilda sizlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarimiz ham har tomonlama foydali bo‘ldi. Buning natijasida 2022 yilda sohaga oid yigirmadan ziyod qonun, farmon va qarorlar hamda boshqa zarur me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Bugungi kunda sizlarning faol sa’y-harakatingiz bilan tibbiyot xizmati bevosita mahallalarga, har bir yurtdoshimizning xonadoniga kirib bormoqda. Yuqori malakali shifokorlar, olim va mutaxassislar joylarga chiqqan holda, og‘ir xastaliklardan aziyat chekayotgan bemorlarning salomatligini tiklashga munosib hissa qo‘shmoqda.


Bu yil hududlar bo‘ylab o‘tkazilgan salomatlik aksiyalari davomida yurtdoshlarimizning 210 ming nafari ambulator va 65 ming nafari stasionar sharoitda sog‘lomlashtirilgani salmoqli natijalardan biri bo‘ldi. Biz bunday ezgu va xayrli ishlarni kelgusida ham izchil davom ettiramiz.


Inson hayoti va salomatligini asrab-avaylashdek g‘oyat muhim vazifani ado etishda biron-bir masalani e’tibordan chetda qoldirish, muammolarning yechimini paysalga solish mumkin emasligini barchamiz yaxshi anglaymiz.


Shu sababli, tibbiyot sohasini rivojlantirish jarayonida, avvalo, bu boradagi mavjud munosabat va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini hayotga joriy  etish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.


Shu maqsadda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.


Xususan, birgina 2022 yilda joylarda 100 dan ziyod oilaviy shifokorlik punkti, poliklinikalar hamda olis va chekka hududlarda 1000 dan ortiq mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi. Natijada qo‘shimcha ravishda yana 3,5 million aholini birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olishga erishildi.


Oilaviy shifokorlar tomonidan aholiga bepul tarqatiladigan 70 xildagi dori-darmonlar uchun mablag‘lar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga oshirildi. Birlamchi tibbiyot muassasalari zamonaviy ultratovush, elektrokardiogramma uskunalari, stomatologik va jarrohlik to‘plamlari bilan jihozlanmoqda.


Oilaviy poliklinikalarda kunduzgi davolash o‘rinlari tashkil etilishi natijasida 740 ming kishi shifoxonaga bormasdan, bevosita o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada muolaja olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish maqsadida ushbu klinikalarga soliq va bojxona imtiyozlari berilib, majburiy turistik yig‘imlar bekor qilindi hamda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etildi.

 

Salomatlik posbonlarining og‘ir va mas’uliyatli mehnatini munosib qadrlash, ularning o‘z kasbidan manfaatdorligini oshirish masalasi ham davlatimizning doimiy e’tibor markazida turibdi.


Yaqinda soha xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirilib, ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish hamda ustama to‘lovlari joriy etilgani ham bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lganini qayd etish lozim.


Sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali oldimizda bajarishimiz zarur bo‘lgan vazifalar ham yetarli ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.


Bu haqda gapirganda, tibbiyot tizimini rivojlantirish yo‘lida boshlangan va xalqimiz salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi masalalarni ta’kidlab o‘tish o‘rinli, deb o‘ylayman. 


Bugungi kunda bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ularning tanloviga hurmat bilan qarash zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.


Ana shu zaruratdan kelib chiqib, bundan buyon tibbiyot tizimini “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyili asosida moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ya’ni, mablag‘lar tibbiyot muassasalariga umumiy tarzda emas, balki davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlardan kelib chiqqan holda yo‘naltiriladi.


Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. 


Hurmatli tibbiyot xodimlari!


Sog‘liqni saqlash sohasini tezkor va samarali, xalqchil tizimga aylantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida sizlar o‘z zimmangizdagi mas’uliyatni sharaf bilan ado etish uchun bor bilim va mahoratingiz, salohiyat va tajribangiz, azmu shijoatingizni namoyon etishingizga ishonaman.


Fursatdan foydalanib, barchangizni kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman”, — deyiladi Prezident tabrigida.

 

 

custom img

Toshkentda o‘z joniga qasd qilishga uringan yigit qutqarib qolindi

Uchtepa tumanida patrul-post xizmati xodimi va IIV Akademiyasi kursanti Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan yigitni suvdan olib chiqdi.

custom img

Farg‘onada Turkiya qalbaki pasporti va “prava"sini tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Robaxon Mahmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda sud amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan Plenum qarorlari qabul qilindi.

custom img

Samarqand–Urgut temiryo‘l tarmog‘i o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, hodisaga Zarafshon daryosida suv oqimining keskin oshgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyati bojxonasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Bojxona tizimida yuqori natija ko'rsatgan bir guruh yosh xodimlar rag'batlantirildi.

custom img

O‘zbekistonliklarning aksariyati qayerda yashaydi? Dastlabki ro‘yxatga olish natijalari e’lon qilindi

Xususiy uylar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan yashash turi bo‘lib qolmoqda.

custom img

Pedagog ayollar uchun voleybol musobaqasi: g‘olib jamoalarga “Damas” va millionlab mukofotlar

Pedagog ayollar o‘rtasidagi ilk respublika voleybol musobaqasi final bosqichi Namangan shahrida davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 4–6-iyul kunlari sel va suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Yomg‘irlar sabab suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"