O'zbekiston

Xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston 4 ta mukofotga sazovor bo‘ldi

Endilikda kinematograflar xalqaro ijodiy alyansi shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashtiriladi.

Xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston 4 ta mukofotga sazovor bo‘ldi

 

Belarus poytaxtida 7-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Listapad xalqaro kinofestivalida jami 40 dan ortiq davlat va 100 ga yaqin filmlar ishtirok etdi. Yakunlash marosimida O‘zbekiston 3 ta xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.

 

“Listapad” kinofestivalining “Eng yaxshi rejissyor uchun” mukofoti Shuhrat Mahmudovning “Matonat” hujjatli filmiga topshirildi. Film Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyaning “Amersfort” lageridagi 101 nafar o‘zbekistonlik askarlarning jasorati va shijoatiga bag‘ishlangan.

 

Rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan “Ayol  qismati” badiiy  filmi “Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uchun” nominasiyasida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Film Suriyada jangarilar tomonidan aldanib, ozodlik sari qiyin yo‘lni bosib o‘tgan ayol haqida hikoya qiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu oyda bu kartina Turkiyada o‘tkazilgan “Qo‘rqut ota” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi badiiy film” Gran-prisiga ham sazovor bo‘lgandi.

 

Yosh kinorejissyor Akrom Shahnazarov tomonidan suratga olingan “101 reys” badiiy filmi esa davlatlararo “Mir” teleradiokompaniyasining “Kino tili – do‘stlik tili” nominatsiyasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

 

MDH davlatlari kinematograflarining ishchi yig‘ilishida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov MDH Ijroiya qo‘mitasining “MDHga a’zo davlatlar kinematografiya sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun” diplomi bilan taqdirlandi. 

 

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida ishlab chiqarilayotgan qo‘shma mahsulotlar (ko-produksiya) soni bo‘yicha yetakchi deb tan olingan. Aynan shuning uchun ham Minskda bo‘lgan Kinematografiya rahbarlari  yig‘ilishida MDH davlatlari kinematograflari xalqaro ijodiy alyansi shtab-kvartirasini O‘zbekiston raisligida Toshkent shahrida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilingan.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"