O'zbekiston

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo‘yiladi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

 

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tez orada to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Radio Pakistan”.

 

Vazirning taʼkidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi iqtisodiyot va turizm sohalarida ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aviaqatnovlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

 

Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda Karachi va Islomoboddan O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

 

Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning sayyohlik integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun Samarqandda turizm bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishi ham qo‘shimcha qilgan.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

custom img

Jizzax tibbiyotida 180 kunlik tajriba: yangi tibbiy tizimdan nimalar kutilyapti?

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini 180 kun ichida yuqori texnologiyali hududiy referens markazga aylantirishga qaratilgan «Jizzax-180» dasturi ishga tushirildi.

custom img

"O‘zbekgidroenergo" tizimidagi 8 ta obyektga yangi JAC avtomobillari topshirildi

Yangi transport vositalari tog‘li va murakkab hududlarda xizmat ko‘rsatish ishlarini tezkor tashkil etishga xizmat qilishi bildirildi.

custom img

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning 6 farzandi vatanga qaytarildi

Fuqaroning hujjatlari yo'qligi sababli u va farzandlari vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan.

custom img

Toshkentda kvartiralarning narxi kadastrdagidan 7,4 baravar, hovli-joylarniki esa 14 baravar yuqori chiqdi

600 mingdan ortiq kvartira va 213 mingta hovli-joy ommaviy baholandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"