Siyosat

Japarov O‘zbekiston bilan Kampir Obod suv ombori bo‘yicha kelishuv haqida gapirdi

Qirg‘iz muxolifati kelishuvlar noqonuniy amalga oshirilayotganini aytdi.

Japarov O‘zbekiston bilan Kampir Obod suv ombori bo‘yicha kelishuv haqida gapirdi

 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakat parlamentida o‘zbek—qirg‘iz chegarasi borasidagi kelishuv bo‘yicha chiqish qildi.

 

«Bunday tarixiy kunda yashirinmasdan, ushbu masala haqida o‘z fikrimni aytishga qaror qildim», — deydi Japarov. «Kampir Oboddagi 4127 gektar yer O‘zbekiston bilan 1965-yilda almashilgan.»

«Ayrim fuqarolar Kapmir-Oboddagi suv qurib qolsa, uning ostidagi yer O‘zganda qolsin demoqda. Birinchidan, suv qurimaydi, u asrlar davomida oqadi. Ikkinchidan, suv ombori qurib qolgan taqdirda ham bu vaqtda biz teng tomonlama almashinuvni amalga oshira olamiz, ular bundan faqat xursand bo‘ladi.

Uchinchidan, baʼzi fuqarolar ushbu bitimga O‘zbekistonga boshqa yer berish kerakligi, suv oldidagi yerni tortib olish haqida baqir-chaqir qilyapti. O‘zbeklarning kallasi yaxshi ishlaydi, shu sababli ular 30-40 yil oldinga ilgarilab ketgan. Biz esa faqat baqirish bilan shug‘ullanyapmiz», — deydi prezident.

 

«Butun Qirg‘iziston» muxolifat fransiyasi yetakchisi Adaxon Madumarov esa o‘zbek—qirg‘iz chegarasi bo‘yicha bitim noqonuniy ravishda ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qildi.


Madumarov bitimning ratifikatsiyasi uchun Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi xulosasi kerakligini taʼkidlaydi. Uning  aytishicha, hozirgi hukumat ketsa, keyingisi ushbu qaror “majburlikdan” qabul qilingan deb tan oladi.

 

Qirg‘iziston adliya vaziri Ayoz Bayetovning hech qanaqa xulosa kerak emasligini bildirgan. U bunday xulosa faqat «noaniqlik bo‘lganida va murojaat qilinganida» lozimligini aytgan.

 

«Konstitutsiyaviy sud hurmat qilinganida, hukumat unga murojaat qilgan bo‘lardi. Tashabbuskor parlament emas, balki hukumat. Shunday bo‘lsa, Konstitutsiya va qonunlarni olib tashlanglar», — degan Madumarov unga javoban.

 

Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev Madumarovga javob qaytarib, hukumat o‘z harakatlariga javob berish va davlat manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini qayd etgan.

 

«Boshqa hukumat kelsa, peshonamizga nima yozilganini ko‘ramiz. Biz qonun doirasida, davlat va fuqarolar manfaatidan kelib chiqyapmiz», — deya qayd etgan u.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"