O'zbekiston

Navoiyda soliq idorasi xodimlari qamoqqa olindi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Navoiyda soliq idorasi xodimlari qamoqqa olindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyat soliq boshqarmasi savdo bo‘limi xodimlari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Navoiy viloyat Davlat soliq idorasi xodimlari Z.A va B.Shlar MCHJga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 10000 AQSH dollari talab qilgan. Ular 18 noyabr kuni Navoiy shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kimyoviy ishlov berilgan 9000 AQSH dollarini jamiyat rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Z.A va B.Sh.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi yuzasidan Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida “Qamoqqa” olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.