O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Luvr muzeyiga tashrif buyurdi

U yerda prezidentlar “O‘zbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Luvr muzeyiga tashrif buyurdi

 

Yelisey saroyida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rafiqalari bilan Parijdagi Luvr muzeyida bo‘ldi.

 

Luvr dunyodagi eng katta va eng ko‘p tashrif qilinadigan muzeylardan biri bo‘lib, eng yirik va qimmatli badiiy asarlar to‘plamiga ega. Har yili bu yerga 10 millionga yaqin sayyoh keladi. 

 

O‘zbek xalqining boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning oktyabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etildi. Davlat rahbari o‘shanda O‘zbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida ko‘rgazmalar tashkil etish, mamlakatlar o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etgandi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi o‘rtasida tegishli memorandum imzolandi.

 

Keyingi uch yil davomida ko‘rgazmalarga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Bir nechta O‘zbekiston va Fransiyaning birgalikdagi ekspedisiyalari uyushtirilib, ko‘plab arxeologik topilmalar kashf qilindi. Bundan tashqari, Luvr restavrasiyachilari va mamlakat mutaxassislari bir nechta bosqichdan iborat keng ko‘lamli tiklash tadbirlarini amalga oshirdi.

 

Bu ishlar natijasida Luvrning Rishelye zali va Islom bo‘limida xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan beshta bo‘limdan iborat katta ko‘rgazma makoni yaratildi. Bular —  “Voha davlatlari va podshohliklari davri: Ipak yo‘lidagi madaniyatlarning muloqoti”, “O‘rta asrlar va san’atning gullab-yashnashi”, “Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi, madaniyat va fanda Uyg‘onish davri”, “Ibn Sinodan Chingizxongacha”, “Buyuk imperiyalar davri: Temuriylar va Shayboniylar”.

 

O‘zbekiston tarixining 1500 yildan ortiq davrini qamrab olgan ko‘rgazma mamlakatning 16 muzeyidan 138 ta noyob ashyo, shu jumladan, ko‘rgazma uchun maxsus restavrasiya qilingan 70 ta eksponatdan iborat. Shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSHning yirik muzeylaridan keltirilgan 31 ta buyum ko‘rgazmadan joy oldi.

 

Ko‘rgazmaning ilk mehmonlari bo‘lgan O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari Dalvarzintepa va Xolchayon yodgorliklaridan topilgan eksponatlar, Varaxshadagi qizil rangli xonadan devoriy surat, Kofirqal’adan o‘ymakor panno, Katta Langar Qur’oni sahifalari, Amir Temur maqbarasidan qo‘sh eshik, Afrosiyobdagi elchilar tasviri tushirilgan devoriy surat va boshqa eksponatlar bilan tanishdilar. Ularning yaratilishi va topilishi, ular bilan bog‘liq tarixiy davrlar va shaxslar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

 

Davlat rahbarlari ko‘rgazma yuksak darajada tashkil etilgani va unda o‘ziga xos muhit yaratilganini ta’kidlab, ikki mamlakatning madaniy hayotida muhim o‘rin tutuvchi ushbu tadbirni tayyorlashga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirdilar.

 

Luvrdagi ko‘rgazma nafaqat O‘zbekiston va Fransiya xalqlari, balki butun Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalarni, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

 

Ko‘rgazma 2023 yil 6 mart kuniga qadar davom etadi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.