O'zbekiston

Prezident “Zarafshon oyna” korxonasi ochilishida qatnashdi

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 mln kvadrat metr.

Prezident “Zarafshon oyna” korxonasi ochilishida qatnashdi

 

Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirishga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Ma’lumki, oyna sanoat, qurilish va maishiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan. Xususan, O‘zbekistonda qurilish oynasiga bo‘lgan talab yiliga 38 million kvadrat metr. Navoiy viloyati esa pardozbop tosh, kvars qumi, bazalt va kaolin zaxiralariga boy.

 

Shu bois davlat rahbari 2018 yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Bugunga kelib, 250 million dollarlik ushbu loyiha hayotga ko‘chdi.

 

Prezident ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.

 

“Hozirgacha bunday korxonalar Farg‘ona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon oyna” korxonasi ham qo‘shilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilishiga ishonamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.

 

Tadbirda Gʻozg‘on shahridagi “Marmarobod” korxonasi bilan ham videoaloqa orqali bog‘lanildi. U marmar va granit toshlarni qazib olib, qayta ishlashga ixtisoslashgan. Xitoy va Eron davlatlaridan uskunalar olib kelinib, muhandis va mutaxassislar jalb qilingan. 300 kishi ish bilan ta’minlangan.


Davlat rahbari Navoiy shahridagi “Gidro Stanko Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

 

Navoiy viloyati sanoatlashgan hudud. Bu yerda tog‘-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari ko‘p. Ularga, umuman, O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligiga mashinasozlik mahsulotlari doim zarur.

 

“Gidro Stanko Servis”da aynan shular ishlab chiqariladi. Bu yerda kooperasiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021 yilda 12 million dollardan ziyod valyuta mablag‘larini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.

 

Korxonaga uskunalar Germaniya, Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirib o‘rnatilgan. 370 kishi ish bilan ta’minlangan.

 

Bugungi kunda korxonada quyuv syexi tashkil etish va mahsulotlar turini ko‘paytirish ustida ish olib borilmoqda.


Prezident mutasaddilarga mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Bugungi kunda Navoiy viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 1 trillion so‘mga yaqin 113 ta loyihalar amalga oshirilmoqda. Bularning natijasida joriy yilning o‘zida 100 million dollarlik import qisqartirilishiga erishiladi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.