O'zbekiston

Adib Qoʻchqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" mukofotiga sazovor bo'ldi

Loyiha onlayn tarzda o'tkazildi.

Adib Qoʻchqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" mukofotiga sazovor bo'ldi

 

 

Oʻzbek adibi Qoʻchqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" ("Zolotoye pero Moskvы") 2- Xalqaro festivalida nasr yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

 

 

"Moskvaning oltin qalami" (Zolotoye pero Moskvы) 2-Xalqaro festivali 18 noyabridan 20 noyabriga qadar boʻlib oʻtdi. Loyiha onlayn oʻtkazilishiga qaramay, nafaqat yozuvchilar, balki kitobxonlar uchun ham yilning asosiy adabiy voqealaridan biriga aylandi.

 

Festivalning “Nasr” nominatsiyasi boʻyicha 9 nafar ishtirokchi gʻolib boʻlgan. Oʻzbek adibining "Moskvaning oltin qalami" uchun hayʼat aʼzolari tomonidan "Aktyorning sevgisi" hikoyasi alohida eʼtirof etildi.

 

Maʼlumot uchun, adib "Daryo ortidagi yigʻi" (1994), "Oʻn sakkizga kirmagan men bor" (2002), "Kulib tur, azizim" (2005), "Quyoshni kim uygʻotadi?" singari nasriy hamda "Xosiyatli dunyo" (1992), "Kaftimdagi qizgʻaldoq" (1993) sheʼriy toʻplamlarini yozgan.

 

Shuningdek, A. S. Pushkin, M. YU. Lermontov, S. Yesenin, YE. Yevtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

Qoʻchqor Norqobil Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Muqaddas Anna" ("Svyataya Anna") ordeni va boshqa koʻplab xalqaro mukofotlarga ham sazovor boʻlgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.