Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinada taksichilik qildi
Holatga IIB YHXX rasmiy izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasida radar o‘rnatilgan mashina haydovchisi takschilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXX rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 2022 yil 1 sentyabr kuni Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi 4N-115 Bostan–To‘rtko‘l avtomobil yo‘lida tasvirga olinan. Voqea mazkur yo‘lda xizmat olib borayotgan YPX xodimi M.Maxmudov bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.







