Jahon

AQSH o‘ta zamonaviy harbiy samolyotni namoyish etdi

U 2023 yilda havoga ko‘tariladi.

AQSH o‘ta zamonaviy harbiy samolyotni namoyish etdi

 

AQSH yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi

 

Uning namoyishida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan.

 

"Bu shunchaki yana bir samolyot emas. Bu Amerikaning respublikani himoya qilish qatʼiyatini o‘zida aks ettiradi", — degan vazir.

 

B-21 Raider 30 yil ichida ilk bor yangi yaratilgan bombardimonchi samolyot sanaladi. U oddiy va yadro bombalarini olib yurishga mo‘ljallangan. Samolyot Ikkinchi jahon urushida Yaponiyaga qarshi janglarni boshqargan podpolkovnik Jeyms Dulittl sharafiga nomlangan.

 

U 2023 yilda havoga ko‘tariladi.

custom img

Istanbulda ombor yondi: quyuq tutun shahar osmonini qopladi

Istanbulning Tuzla tumanidagi charm sanoati majmuasida joylashgan logistika omborida yong‘in chiqdi. Yong‘in qisqa vaqt ichida kuchayib, atrofdagi hududlarga ham tarqalgan.

custom img

Nyu-Yorkda 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga sun’iy intellektdan foydalanish taqiqlandi

Yuqori sinf o‘quvchilari uchun yiliga ikki marta sun’iy intellekt savodxonligi darslari o‘tkaziladi.

custom img

Har beshinchi bola internetda jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaga uchragan — UNICEF

Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti 21 mamlakatdagi tadqiqot asosida bir yil davomida 12–17 yoshli qariyb 20 million bola internet orqali jinsiy zo‘ravonlik yoki ekspluatatsiyaning kamida bir turiga duch kelganini maʼlum qildi.

custom img

Janubiy Koreyada 4 nafar o‘zbekistonlik terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda gumon qilinmoqda

Ular Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga pul va transport vositalari yuborishda ayblanmoqda.

custom img

Si Szinpin Yaqin Sharqda yangi xavfsizlik tizimini yaratishga chaqirdi

Si Szinpin Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvda mintaqa davlatlari o‘z taqdirini o‘zi belgilashi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Rossiyaliklar O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta sotib olishni boshladi

O‘zbekiston kuzgi mavsumda rossiyalik sayyohlar orasida aviachipta xaridlari eng ko‘p oshgan xorijiy yo‘nalishga aylandi.

custom img

Daniya ilk bor Grenlandiyaga muddatli harbiy xizmatchilarni yubordi

Daniyaning Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytirish qarori AQSHning Grenlandiyaga da’volari fonida amalga oshirilmoqda.

custom img

Rossiya Eronga gipertovushli qanotli raketalar ishlab chiqishda yashirincha yordam bergan — FT

Tehron Rossiya ko‘magida yaratilgan raketani sinovdan o‘tkazgan, biroq uni qurolli kuchlar tarkibiga qabul qilgani noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"