O'zbekiston

Toshkentda qozonlar gaz yetishmasligi sabab kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti

"Veolia Energy Tashkent" vaziyatni yaxshilash uchun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Toshkentda qozonlar gaz yetishmasligi sabab kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti

 

Toshkent shahrining ayrim tumanlarida gaz taʼminotidagi kuzatilgan uzilishlar sababli isitish sifatiga ham putur yetgan. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, issiqlik energiyasi “Toshissiqlikmarkaz” hamda “Toshkent IYES” (90%) va Veolia Energy Tashkent mahalliy qozonxonalarida tabiiy gazdan foydalangan holda ishlab chiqariladi (10%).

 

“Issiqlik parametrlari Veolia Energy Tashkentning harorat jadvaliga muvofiq o‘rnatiladi, undan keyin esa ishlab chiqarilgan jami issiqlik energiyasini kompaniya isteʼmolchilarga yetkazadi. Shu tariqa, shahar issiqlik taʼminoti korxonalariga bosimi pasaytirilgan gaz yetkazilib, o‘rnatilgan parametrlar to‘liq taʼminlanmayapti”, — deyiladi kompaniya xabarida.

 

Shuningdek, kompaniya vaziyatni yaxshilash uchun kuchaytirilgan rejimda ishlayotgani, mutaxassislar muammoli hududlarni aniqlash uchun joylarga borayotgani hamda issiqlik taʼminoti korxonalari bilan birgalikda issiqlik energiyasini qayta taqsimlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirayotgani qayd etilmoqda.

 

Avvalroq, Toshkentda gaz bosimi tushib ketgani, bu esa ayrim gaz quyish shoxobchalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"