Jamiyat

Toshkentdagi “kvartira”lardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Halok bo‘lgan va jiddiy jarohatlangan fuqarolar haqida maʼlumot berildi.

Toshkentdagi “kvartira”lardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

 

Toshkent shahri Yangihayot tumanida ko‘p qavatli turarjoy binolaridan birida yong‘in chiqdi. 


Qayd etilishicha, 5-dekabr soat 20:08 da Yangihayot tuman IIO FMB Navbatchilik qismiga Yangihayot tumani, Yo‘ldosh-6 dahasi 25-uyda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ushbu uyning 11-xonadonida istiqomat qilib kelgan ikki nafar fuqaroning halok bo‘lgani aniqlangan.

 

Yo‘ldosh-6 dahasidagi 25-uy 2-qavatdan, 2 ta yo‘lak va 12 ta xonadondan iborat bo‘lib, ushbu uyning umumiy maydoni 300 metr kvadratni tashkil etadi, yong‘in natijasida uning 80 metr kvadrat maydoni yong‘indan shikast ko‘rgan.

 

Hodisa sodir sodir bo‘lgan joyga FVV Yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib kelib o‘z vaqtida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda ushbu uyda istiqomat qiluvchi 9 nafar fuqaro o‘z vaqtida evakuvatsiya qilingan.

 

Yong‘in natijasida shikast yetkazilgan xonadon egalari vaqtinchalik Toshkent indeks savdo majmuasidagi yotoqxonaga joylashtirilgan. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inni kelib chiqishi va shu bilan bog‘liq boshqa holatlarni o‘rganish borasida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi “kvartira”lardan birida yong‘in sodir bo‘ldi | Zamon.uz