O'zbekiston

Benzin narxini oshirgan “zapravkalar”ga chora ko‘riladi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini sunʼiy oshirgan AYOQSHlarni nazoratga oldi.

Benzin narxini oshirgan “zapravkalar”ga chora ko‘riladi

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi benzin narxini sunʼiy oshirish holatlarini nazoratga olib, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarini (AYOQSH) ogohlantirdi.

 

Qayd etilishicha, respublikaning ayrim hududlaridagi AYOQSHlarda AI-80 benzinning chakana narxlari o‘rtacha 6 800 so‘mdan 7 100 so‘mgacha oshganligi kuzatilmoqda.

 

Birja savdolari natijasiga ko‘ra 5 dekabr kuni AI-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o‘rtacha 8 mln so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan noyabr oyiga nisbatan 4 foizga oshgan.

 

Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan benzin o‘rtacha 5-10 kundan keyin yuklab jo‘natiladi va sotuvga chiqariladi. Yaʼni, birja savdolarida kuzatilgan narx o‘sishi 10 kundan keyin AYOQSHlardagi chakana narxlarga o‘z taʼsirini ko‘rsatishi mumkin.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan avtomobil benzini narxlarini sunʼiy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, birja savdolariga qo‘yiladigan AI-80 markali benzinning kunlik hajmlarini oshirish va narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 5 dekabr kunidan boshlab birja savdolariga qo‘shimcha 1 ming tonna AI-80 benzini qo‘yilishi taʼminlandi.

 

Xabarda respublikadagi barcha AYOQSHlardan fuqarolarni gaz va issiqlik bilan taʼminlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilishi evaziga benzinga bo‘lgan talab oshganligi sababli asossiz qo‘shimcha daromad olish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari so‘ralmoqda.

 

Qo‘mita benzin narxlarini monitoring qilib boradi. Narxlarni sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda ushbu subyektlarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘riladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “AI-80 rusumli benzin yo‘q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan” mazmunidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu bo‘yicha Energetika vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida barcha markali avtobenzin yetarli va ularning narxi oshirilmaganini maʼlum qildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.