O'zbekiston

Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv

Bugun 338-maktabda “Nazm gulshani” nomli badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv

 

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-maktabda shoir Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

“Nazm gulshani” deb nomlangan badiiy kecha qishning sovuq kunlarida o‘tkazilgan bo‘lishi qaramay, o‘quvchilarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbir davomida ishtirokchilar shoirning so‘ngi ijod namunalarini ijro etishdi. Shuningdek, qiziqarli tarzda tashkil etilgan sahna ko‘rinishi ham tomashabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. O‘zaro badiiy muloqot avvalida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ham aynan Bobur Bobomurod ijodi asosida sahna yuzini ko‘rdi.

 

Shundan so‘ng, maktabning sheʼriyatga oshno o‘quvchilari ifodali sheʼr o‘qish bo‘yicha bellashishdi. Bir-biridan qiziqarli va kuchli hayajon bilan o‘qilgan sheʼrlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. O‘quvchilarning ijrolarini Bobur Bobomurodning o‘zi baholadi.

 

Tadbirda Bobur Bobomurod ijod olamiga kirib kelishi va bugungi faoliyati haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Buxoro zaminida tug‘ilib o‘sgani, kitobga mehr qo‘ygani va birinchi yozgan sheʼri haqidagi xotiralar ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yaqin yillar tasvirini jonlantirdi:

 

“Ijod olamiga kirib kelishimga buvim sababchi bo‘lgan. Bolaligimda kutubxonachi bo‘lishni orzu qilganman. Shunchalik ko‘p kitobing bo‘lsaki, ularni o‘qib tugatolmasang. Biroq, mana yillar o‘tib ijodkor bo‘lib shakllandim. Ammo, hozirgi yutuqlarimda kitoblarning o‘rni beqiyos. Hozir ham kutubxonalarga intiladim. Kitob o‘qishga shoshilaman. Kitob bizni ezgu maqsad sari undovchi yo‘lboshchi. Shuning uchun kitob bilan do‘st tutining, kitob o‘qishni hech qachon kanda qilmang”, — dedi shoir.

 

Bundan tashqari uchrashuvning savol-javoblar qismida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.