O'zbekiston

Litva Belarus bilan chegarani videokuzatuv bilan taʼminlaydi

Hozirda ikki davlat chegarasida balandligi 4 metrlik panjara bor

Litva Belarus bilan chegarani videokuzatuv bilan taʼminlaydi

 

Joriy yil oxirigacha Litva Belarus bilan chegaraning butun perimetri bo‘ylab mobil vositalar yordamida videokuzatuvni taʼminlaydi. Bu haqda Litva ichki ishlar vazirligi maʼlum qildi.

 

“Yil oxiriga qadar Belarus bilan chegaraning 94 foizi stansionar videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanadi. Qolgan 6 foizi — qariyb 40 kilometri mobil vositalar orqali chegarachilar ixtiyorida nazorat qilinadi”, — deyiladi xabarda.

 

Belarus bilan chegarani 100 foiz video nazorat bilan jihozlash rejasi butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyat tufayli to‘liq amalga oshirilmaydi. Jahon bozorlaridagi vaziyat tufayli taʼminot zanjirlari uzildi, shuning uchun qisman stansionar emas, balki mobil vositalardan foydalanish kerak bo‘ladi.

 

Litva–Belarus chegarasining uzunligi taxminan 680 km. Suv havzalaridan o‘tmaydigan joylarda to‘siq qurilib, u videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan. Litva 4 metr balandlikda metalldan yasalgan, mahkamlangan panjara qurdi, uning ustida tikanli sim o‘rnatilgan. To‘siq oldiga balandligi uch metr bo‘lgan qo‘shimcha tikanli sim bor.

 

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"