Jahon

Pokiston — Afg‘oniston chegarasi yana notinch

Bu “Tolibon” hokimiyatga kelgandan buyon eng kuchli to‘qnashuv bo‘lgani aytilmoqda.

Pokiston — Afg‘oniston chegarasi yana notinch

 

Pokiston armiyasi bayonotida aytilishicha, afg‘on chegarachilari Chamandagi tinch aholiga qarata o‘zboshimchalik va maqsadsiz og‘ir qurollardan o‘q uzgan.  

 

Pokiston chegarachilari bu bosqinchilik harakatiga javob berdi. Buning oqibatida 6 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 17 nafari yaralangan.

 

Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, Pokiston Afg‘oniston hukumatini mintaqadagi vaziyatning jiddiyligidan xabardor qilgan va kelajakda shu kabi hodisalarning oldini olish uchun keskin choralar ko‘rishni talab qilgan. 

 

Afg‘oniston Qandahor politsiya departamenti matbuot kotibi Hoji Juma Gul Nurziy matbuotga bergan intervyusida, Pokiston harbiylari chegaradagi Shiro Oba qishlog‘ida "Tolibon"ning politsiya bo‘limi qurishini to‘xtatmoqchi bo‘lganini aytdi. Tomonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. 

 

Nurziyning aytishicha, dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 1 nafar "Tolibon" vakili halok bo‘lgan, 6 nafari yaralangan. 

 

"Tolibon" rasmiylariga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 nafar tinch aholi jarohatlangan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.