Sport

Belgiyada yangi “oltin” avlod yetishmoqdami?

Ular jamoani yangi g‘alabalar sari boshlashi aytilmoqda.

Belgiyada yangi “oltin” avlod yetishmoqdami?

 

Belgiya kutilmaganda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining guruh bosqichidan chiqa olmadi va butun futbol jamoatchiligini lol qoldirdi. “Oltin” deb atalmish avlod, aftidan, ko‘p narsadan mahrum bo‘lmoqda. Ammo tashvishlanishga hojat yo‘q. Chunki 2026-yilgi jahon chempionati vaqtida o‘zini to‘liq namoyon qilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli yosh futbolchilar jamoada allaqachon yetishib  chiqmoqda.

 

Zeno Debast – “Yangi kompaniya”

 

Debastga o‘z vatanida shunday laqab qo‘yishgan. Unda iqtidorni ko‘rgan va himoyachini “Anderlext” bazasiga olib kelgan Vensan edi. Bu mavsumda Zeno Belgiya klubi himoyasining yetakchisiga aylandi. Sentyabr oyida u Belgiya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazdi va Roberto Martinesda ajoyib taassurot qoldirdi: “Bu so‘nggi bir necha yil ichida terma jamoa uchun eng ajoyib debyutlardan biri bo‘ldi. Zenon juda ishonchli o‘ynadi”.

 

16 yoshgacha Debast hujumkor yarim himoyachi bo‘lgan, shuning uchun uning to‘p uzatish va dribling mahorati ancha yuqori darajada. “Liverpul”,  “Borussiya Dortmund” va “Inter” allaqachon futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yin bu klublarni futbolchi uchun yanada kurashga undashi mumkin edi. Ammo himoyachi guruh bosqichidagi uchta uchrashuvda ham zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi.

 

Amadu Onana — markaziy himoyachi. 21 yoshli himoyachi bu mundialga nima sababdan bordi? U Qatarda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Xorvatiya bilan o‘yinga faqat sariq kartochkalar tufayli maydonga tushmadi. Belgiya OAVlari yarim himoyachining o‘yinidan qoniqish hosil qilishdi.

Amadu uzun bo‘yli va baqaloq yarim himoyachi, ingliz futboli uchun juda mos keladi. “Everton” yozda uning uchun “Lill”ga 35 million yevro to‘ladi. Belgiyalik futbolchi darhol jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. Garchi Frenk Lempard hali u uchun ideal pozisiyani topa olmagan.

 

Sentyabr oyida Mersisayd derbisida Amadu 7 ta to‘p uzatishni amalga oshirdi hamda Pikford bilan birga o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bunday o‘yinlar top-klublarning e’tiboridan chetda qolishi mumkin emas. “Yuventus” allaqachon Onanani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 

Marten Vandevordt Tibo Kurtuaning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

 

Tibo Kurtua hozir faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida, ammo uning o‘rnini bosadigan futbolchilar allaqachon o‘sib ulg‘aygan. Marten Vandevordtning iqtidorini “Leypsig” allaqachon kashf etgan. Marten 2024 yilda nemislar safiga qo‘shilgandi.

 

Belgiyalik futbolchi Manuel Noyerni o‘zining kumiri deb hisoblaydi. Shuningdek, hatto unga taqlid qilishga ham urinib ko‘rgan.

 

Romeo Lavia — “Manchester Siti”ning yosh yulduzi. Yosh o‘yinchilarning Premyer-ligada yorqin o‘yinlar o‘tkazishi tez-tez uchramaydi. Ammo Romeo bundan mustasno. 18 yoshli himoyachi yozda “Siti” akademiyasidan “Sautgempton”ga ko‘chib o‘tdi va dastlabki o‘yinlardayoq ajoyib o‘yinlarni o‘tkazdi.

 

Belgiyalik futbolchi deyarli ko‘p narsaga qodir ekanligini ko‘rsatmoqda. Avgust oyi oxirida Laviya Premyer-ligada “Chelsi” darvozasiga gol urdi. Londonliklar uning o‘yinidan shunchalik qoyil qolishdiki, uni transfer oynasining so‘nggi kunida deyarli 60 million yevro evaziga olib kelishga tayyor edilar. Biroq “Sautgempton” rad javobini berdi.

 

Julyen Dyurant vil — Belgiya hujumining kelajagi.

 

Julyen 16 yoshda va u allaqachon “Anderlext”ning markaziy hujumida o‘ynamoqda. Sentyabr oyida u Belgiya U-19 terma jamoasida debyut qildi va Roberto Martinez uni asosiy jamoaning potensialini kuchaytirishiga ishondi.

 

Dyurant vil ko‘pincha hujumda chap qanotda o‘ynaydi. Lekin qarama-qarshi qanotda ham o‘ynay oladi. 

 

Qanot futbolchisi Belgiyaning yangi avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaladi. “Bavariya” va “Real” futbolchiga qiziqish bildirmoqda.  Myunxen klubi yozda futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilgandi, ammo bu summa “Anderlext”ga maq’ul kelmadi.

 

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

custom img

Bugungi sport yangiliklari: dzyudo, boks, shaxmat va futbol — kunning eng muhim voqealari

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi, bokschilar 21 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi, FIDE nomzodlarni eʼlon qildi, JCH-2026 finalida esa Ispaniya g‘olib chiqdi.

custom img

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston MTJ 10 pog‘onaga pastladi

O‘zbekistonning so‘nggi yangilanishda ochko yo'qotishiga terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki asosiy sabab bo‘ldi.

custom img

Ispaniya 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Terma jamoasi finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixida ikkinchi bor FIFA Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

custom img

"Bizga hech kim hech narsani tekinga bermaydi" — Messi

Argentina sardori jamoa FIFA yoki hakamlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi iddaolarni rad etib, jamoa barcha natijalarga faqat mehnat va kurash orqali erishayotganini aytdi.

custom img

JCH—2026: Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi

19-iyul kuni Jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina chempionlik uchun bahs olib boradi.

custom img

Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, JCH-2026 finaliga yo‘l oldi

Jahon chempionati finalida Ispaniya Argentina va Angliya o‘rtasidagi ikkinchi yarim final g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"