Siyosat

Toqayev “Ko‘ksaroy”ga daraxt ekdi

Davlat rahbarlarining muzokaralari ertaga bo‘lib o‘tadi.

Toqayev “Ko‘ksaroy”ga daraxt ekdi

 

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

 

“Marosim O‘zbekiston–Qozog‘iston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida yana-da mustahkamlashga qatʼiy intilishning ifodasi bo‘ldi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

 

Qozog‘iston yetakchisining mamlakatga davlat tashrifi asosiy tadbirlari 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Qayd etilishicha, ertaga Oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berish va OAV vakillari uchun brifing o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

 

 

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"