O'zbekiston

Eksportchi tadbirkorlarga katta yengillik berildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni imzolandi.

Eksportchi tadbirkorlarga katta yengillik berildi

 

Bugun, 22-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

 

Farmonga ko‘ra, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan resurslardan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga amaldagi kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan berilgan kreditni to‘liq so‘ndirmagan eksport qiluvchiga moliyaviy resurslar ajratilmasligi belgilangan.

 

2022 yilda Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi moliyalashtirish uchun respublika miqyosida 234 ta eksportchi korxonaga 147 mln dollar miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, ular tomonidan 444 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha miqdorida kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish belgilanmoqda.

 

2022 yil yanvar-noyabr oylarida 133 mln dollarlik, shundan Yevropa davlatlariga 20 mln dollar, Turkiyaga 3 mln dollarlik gazlama eksport qilingan.

 

Shuningdek, 2022 yil yanvar-noyabr oylarida respublikadan jami 46 ming tonna (260 mln dollar) trikotaj mato eksport qilingan bo‘lib, shundan Yevropa davlatlariga 4,7 ming tonna (30 mln dollar) berilgan.

 

Ushbu davlatlar bozorlarining 5 foizini egallash uchun zarur choralar ko‘rilgan taqdirda mahalliy korxonalar tomonidan 900 mln dollarlik gazlama va matolarni eksport qilish imkoniyatlari yaratiladi.

 

Shuningdek, paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘larini eksport qilishga ruxsat berilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 145-son Farmoniga asosan o‘simlik yog‘i eksporti vaqtinchalik taqiqlangan.

 

Xovos tymanidagi “RS SUCCESS AGRO” MCHJ QK tomonidan 182 mln yevro investitsiya kiritish orqali 1,6 ming gektar qayta foydalanishga topshirildi, 1,3 ming gektarda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi hamda 120 ming tn kannabis xomashyosini qayta ishlovchi majmua barpo etildi. Investitsiya shartnomasiga muvofiq, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50 foizi eksport qilinishi lozim.

 

Ushbu turdagi o‘simlik yog‘lari respublikada noanʼanaviy yog‘ mahsuloti hisoblanishi, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turiga kirmasligini hamda ushbu mahsulotning eksport qilinishi ichki bozordagi yog‘ mahsulotlari narxiga taʼsir qilmasligini inobatga olgan holda paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘lari eksportiga ruxsat berilmoqda.

 

Ushbu Prezident Farmonining imzolanishi eksportchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga qo‘shimcha kreditlar ajratish orqali yangi imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"