Andijonda bir oilaning uch nafar farzandi yonib ketdi —video
Viloyat FVBning maʼlum qilishicha, ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Viloyat FVB matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, yong‘in 22 dekabr kuni soat 19:15 da «Dalvarzin» MFY, S.Abdulla 5-tor ko‘chasidagi uyda yuz bergan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:19 da yetib borib, soat 19:22 da yong‘in o‘rab olinib, 19:32 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonda uyini shift, tom qismi va uy jihozlari yongan. Uyning 180 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining farzandlari — 2007 yilda tug‘ilgan Sh.R., 2009- yilda tug‘ilgan Sh.R., 2017 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning 100 foiz kuygan holda jasadi topilgan.
Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.







