O'zbekiston

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi qachon chaqiriladi?

Yig‘ilishda Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi.

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi qachon chaqiriladi?

 

23-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisini 2022 yil 27 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlar, shuningdek, “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi, “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

 

Shu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni (Toshkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

 

Xususan, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash masalasi ham muhokama qilinadi.

 

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan bo‘lib, yig'ilish videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda bo‘lib o‘tadi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"