O'zbekiston

Hokim yordamchisi instituti o‘zini oqladimi?

Yangi tizimning faoliyati va istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Hokim yordamchisi instituti o‘zini oqladimi?

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi.

 

Bugungi kunda respublikadagi 9,3 mingdan ortiq mahallalarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda rahbar lavozimida ishlab kelgan iqtisodchilar hokim yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan “Onlayn mahalla” platformasi ishga tushirildi.

 

Birinchi bosqichda, hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi 6,9 million xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 ta toifaga ajratib olindi. Xatlovda aholining kasb-hunarga o‘qish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kredit olish va boshqa istaklari o‘rganib chiqildi.

 

Hokim yordamchilariga yaratib berilgan sharoit va moliyaviy dastaklar qisqa davrda, ularga mahalla ahli bilan ijobiy munosabat o‘rnatish imkonini berib, aholini ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari natijadorligini oshirdi.

 

Hokim yordamchilariga bu masalalarni hal etish uchun 2022-yilda jami 12,5 trillion so‘m (1 mlrd dollar) miqdorida moliyaviy instrumentlar manbalari shakllantirib berildi.

 

Shu bilan birgalikda:

 

  •  2,5 mingta mahalla chorvachilik,
     
  • 1,4 mingta mahalla dehqonchilik, 
     
  • 800 ta mahalla bog‘dorchilik,
     
  • 620 ta mahalla issiqxona, 
     
  • 230 ta mahalla hunarmandchilik,
     
  • 470 ta mahalla kichik ishlab chiqarish, 
     
  • 2,2 mingta mahalla savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi aniqlandi.

 

Mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholini barqaror daromad bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Bundan tashqari, hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganilib, har bir mahalla bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi.

 

2022-yilning o‘tgan davri mobaynida hokim yordamchilari tomonidan 1,2 million nafar aholi doimiy ish joylariga joylashtirildi, 997 ming nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi, 101 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma ishchilari bilan birgalikda) va 158 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 418 ming nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratildi.

 

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 388 mingta loyihalarga 9 trillion so‘mlik kredit ajratildi.

 

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob uskunalari olib berish bo‘yicha 174,0 mlrd. so‘mlik subsidiyalar ajratildi.

 

Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga 243 ming nafar fuqarolar yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida 195 ming nafari o‘qishni tamomladi.

 

Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 48 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalarning 47 mingtasi ishga tushirilib, 232 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

 

Natijada mahallarda 84 mingta yuridik va 95 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida hokim yordamchilarining sayi-harakati bilan mahallarda:

 

  • 20,6 ming km taʼmirtalab ichki yo‘llar shag‘allashtirildi,
     
  • 10,6 ming km yo‘llar asfaltlashtirildi, mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasida 1,8 ming km piyodalar yo‘lakchalari barpo etildi;
     
  • foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 6,5 ming dona transformator, 178 ming dona sim yog‘ochlar va 151,7 ming dona tungi chiroqlar almashtirildi;
     
  • 40,7 ming km ariqlarni tozalash va 9,3 ming ta vertikal va kichik sug‘orish quduqlarini qurish orqali 332 mingdan ortiq xonadonlar tomorqasi suv bilan taʼminlandi.

 

Bugungi anjuman xalqaro ekspertlar, vazirliklar, idoralar, banklar, mahalliy hokimliklar, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirokida tashkil etiladi. Unda hokim yordamchilarining “mahallabay” ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolar hamda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilinadi.

 

Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sessiyalar tashkil etiladi:

 

- tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish - moliyaviy resurslar bilan taʼminlash imkoniyatlari, mikrokreditlash tizimi, muammolar va yangi yondashuvlar;
 

- ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyilining joriy etilishi, “agregator” tizimining afzalliklari, ijarachilarni kooperativlarga birlashtirish, yerdan olinadigan daromadni oshirish;
 

- aholini daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, mavsumiy ishlar, kasanachilik va kooperatsiyalarni tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish hamda bu boradagi mavjud soliq imtiyozlari;
 

- aholini kambag‘allikdan chiqarish mexanizmlari: kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik, subsidiyalash tizimi va boshqalar.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"