0

O‘zbekistonda yangi bank ochildi

U o‘z faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshiradi.

O‘zbekistonda yangi bank ochildi

 

“Smart bank” AJga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi Toshkent shahrida “Smart bank” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

 

Shu tariqa O‘zbekistonda tijorat banklari soni 32 taga yetdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank “Turkistonbank” va “Hi-Tech bank”larning litsenziyalarini qaytarib olgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"